OʻzMU delegatsiyasi Isroilga tashrif buyurdi

13:14 04 Iyul 2019 Jamiyat
236 0

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Milliy universitetini takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident Qarori chiqdi. Shu Qaror ijrosi boʻyicha 1-4-iyul kunlari OʻzMU rektori boshchiligidagi delegatsiya Isroilda boʻlib turibdi.Joriy yilning may oyida uchta katta guruhdan iborat Isroil delegatsiyasi OʻzMUga kelgan edi. Ular Oʻzbekistonda bir qancha loyihalarni amalga oshirishdi.

OʻzMudan borgan delegatsiya maqsadi OʻzMU va Xolon instituti doirasida strategik hamkorlik Dasturini muhokama qilish va imzolashdir.

-“Isroillik hamkorlarimiz bizni qoʻllarida muhtaram prezidentimi imzolangan “2019-2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”giQaror bilan kutib olishdi. Ularning qoʻlida Qarorning ruscha va yahudiy tiliga oʻgirilgan varianti bor edi. Bu galgi suhbatimiz quyidagicha boshlandi. Xolon instituti direktori Eduard Yakubov: ”Sizlarga havasim keladi. Sizlarni prezidentingiz universitetingizga keldi. Ilm ahli-sizlar uchun Qaror imzoladi. Bu juda katta tarixiy voqea. Bizni institutimizga prezidentimiz kelmagan...”-deya hayrati va hayajonini yashirmadi. Biz faxrlandik. Qaror asosida Oʻzbek- Isroil taʼlimidagi hamkorlik Dasturini ishlab chiqdik.

Bunda: OʻzMU fakultetlarida sifatli kadrlar tayyorlaydigan xorijlik va oʻzbek olimlaridan iborat jamoa shakllantirish,

Universitet fakultetlarini davlat iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan obyektga aylantirish,

Oʻzbek-Isriol ishlab chiqarish obyektlarini universitetga jalb etish, mablagʻlarni davlat granti proyektlaridan emas, balki ishlab chiqarishdan olish,

Xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish, tizimli ravishda Oʻzbekistonning hamma hududlarida mutaxassisliklar boʻyicha xalqaro konferensiyalar oʻtkazish,

Xalqaro arenda oʻzbek olimlarining obroʻsini oshirish va ilmiy platformalarda xalqaro jurnallarning formatiga mos ravishda ilmiy loyihalarini taqdim qilish boʻyicha tajriba almashishga imkon yaratish,

Talabalarning mini loyihalarini toʻliq ishlab chiqarishga yoʻnaltirish,

Ilmiy laboratiriyalarni takomillashtirish, “sunʼiy ong” laboratoriyalarini tashkil etish va ularni ishlab chiqarishga keng jalb etish,

Xalq bilimini oshirib borish loyihalarini imzoladik. Bu loyihada katta yoshli insonlarni qisqa vaqt ichida kurslarda boshqa kasbga yoʻnaltirish, pirovard natijada ularni jamiyatdan chetda qolmasliklariga yordam berish, zamonaviy texnologiyalarga yaqinlashtirishdan iborat boʻladi. Bundan asosiy maqsad universitetni xalq bilan, maksimal darajada ishlab chiqarish bilan yaqinlashtirish va intellektual mulkni mablagʻga aylantirishdir.

Bugun Oʻzbek-Isroil qoʻshma fakultetiga qabul jarayoni davom etmoqda. Tashrif doirasida qabul va imtihon jarayonlari, qabul kvotasi, taʼlim sifati masalalari boʻyicha ham muzokaralar olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?