Oziq-ovqat mahsulotlari inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan tamgʻalanadi

12:17 11 Noyabr 2020 Hujjatlar
168 0

Oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan tamgʻalanadi. Bunda:

2021-yil 1-iyuldan:

● oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

● taʼlim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamgʻalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

2025-yil 1-yanvardan respublikaga sotish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini koʻrsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamgʻalanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?