Oʻzini MXX xodimi deb tanishtirgan firibgarga jazo tayinlandi

11:07 07 Dekabr 2018 Jamiyat
637 0

Oʻzini MXX xodimi deya tanishtirib, oʻzgalar mulkini oʻzlashtirgan fuqaroga nisbatan sud hukmi chiqarildi, deb yozmoqda OʻzA.

Fuqaro A.Xolmatov (ismi sharifi oʻzgartirilgan) ham oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishni maqsad qiladi. 2017 yil yanvar oyi boshlarida Sh.Rahimovaning farzandi N.Rahimov Andijon davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirmoqchiligidan xabar topadi. U oʻzini Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, goʻyoki oʻziga berilgan vakolatdan foydalanib, DTM maxsus hisob raqamiga davlat boji toʻlash orqali N.Rahimovni oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, aldab, Fargʻona shahrida Sh.Rahimovaning 6 ming 200 AQSH dollari pul mablagʻlarini qoʻlga kiritib, pullarni oʻzining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudida sudya Sh.Umarov raisligida A.Xolmatovga oid jinoyat ishi har taraflama oʻrganib chiqilib, unga qonun doirasida jazo tayinlandi. OʻzA xabarida jazo muddati haqida aniq maʼlumot berilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?