Oʻzenergoinspeksiya: elektr energiyasi uchun 6 yarim milliard soʻmdan ziyod pul mablagʻlari undirildi

12:20 13 Avgust 2019 Jamiyat
123 0

Respublika boʻyicha 8 950 ta isteʼmolchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun ulardan 6 582 662 613.74 soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elektr energiyasi isteʼmolchilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati taʼminlanmasligi oqibatida elektr energiyasini ishlab chiqish va isteʼmolchilarni tarmogʻiga uzatishgacha boʻlgan energetika obyektlari tarmoqlaridagi elektr energiyani uzatishdagi yoʻqolishlar meyoridan ortib ketmoqda. Bu borada “Oʻzenergoinspeksiya” avvalam bor, hududlardagi isteʼmolchilar ishtirokida oʻquv seminarlar tashkil etib, isteʼmolchilarni energetika sohasidagi bilimlarini oshirish, ularga oʻz huquq va majburiyatlarini yana bir bor eslatish, elektr energiyasini iqtisod qilish usullari, energetika sohasidagi xavfsizlik texnikasi va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi oqibatida energetika tizimiga katta zarar yetkazilishi boʻyicha tushuntirishlar olib bormoqda.

Bundan tashqari, isteʼmolchilar tomonidan reaktiv quvvat kompensatsiya qilinmasligi oqibatida elektr tarmoqlarida qoʻshimcha reaktiv yuklamalarni oqib oʻtishi va buning oqibatida elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib bergunga qadar boʻlgan tarmoqlarda kuchlanishlar meyoridan pasayishiga olib kelmoqda. Bu oʻz-oʻzidan elektr tarmoqlarini ishonchliligi yoʻqolishi, tarmoqlardagi avariya holatlarini ortib ketishi, elektr tarmoqlarini oʻtkazish qobiliyatini tushib ketishiga olib keladi.

Bunday oqibatlarni oldini olish maqsadida inspeksiya tomonidan shu yilning soʻnggi uch oyi davomida respublika boʻyicha 7 470 isteʼmolchiga koʻrsatma xatlari yuborilgan va ushbu isteʼmolchilarning 1 821 tasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Buning natijasida elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yoʻqolishlarni 1 970 134 kVt.s.ga kamaytirishga erishildi. Takroriy berilgan koʻrsatmalar soni 2 638 tani tashkil etgan boʻlsa shulardan 223 ta isteʼmolchi ishlarni tashkil etgan va buning natijasida 527 785 kVt.s. elektr energiyasini tejashga erishildi.

Qiyoslash uchun, ushbu elektr energiyasi Toshkent shahrining bir sutkalik elektr energiyasi miqdorini tashkil etadi yoki bu miqdor bilan oddiy bir maktabgacha taʼlim muassasasini oʻrtacha yarim yil taʼminlash mumkin boʻladi.

Huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilingan hujjatlar soni 34 ta, shulardan 6 ta isteʼmolchi kompensatsiya ishlarini qayta tashkil etganligi natijasida 32 119 kVt.s. elektr energiyasi tejaldi.

Masalan, Andijon tumanidagi isteʼmolchilar “Irmash plyus” MCHJ tomonidan 3 687 kVt.s., “Uztongxong” AJ tomonidan 9 557 kVt.s., “Xorsepover” MCHJ tomonidan 2 100 kVt.s., “Uzsemyunko” AJ tomonidan 1 447 kVt.s. va “Transservissavdo” MCHJ tomonidan 700 kVt.s. elektr energiyasi tejalgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablarini bajarish maqsadida isteʼmolchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganiga nisbatan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirishga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida “Oʻzenergoinspeksiya”ning tasdiqlovidan soʻng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan reaktiv energiya oʻrni yetarlicha qoplanmagani hisobiga elektr energiyasi yoʻqolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirilib va isteʼmolchilardan mablagʻlar undirib kelinmoqda.

Masalan, birgina shu yilning may oyida respublika boʻyicha 8 950 ta isteʼmolchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib. 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun 6 582 662 613.74 soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirildi. (Masalan, “Roots Business” MCHJ - 72 325 845 soʻm, “Oʻzkabel” OAJ QK - 13 570 007 soʻm, “Anglesey Food” ICHJ SHQK - 20 620 307 soʻm, “Poytaxt Non” MCHJ - 5 044 771 soʻm, “Zavod maxsus polimer” MCHJ SHQK - 5 022 925 soʻm, DP LMZ - 24 473 809 soʻm.)

Inspeksiya oʻz vakolati doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyadan foydalanishlar boʻyicha oʻtkazgan oʻrganishlari natijasida shu kunga qadar 377 ta qoidabuzarliklar aniqlangan, aniqlangan qoidabuzarliklar boʻyicha yetkazilgan zararlar boʻyicha 11 576 596 958 soʻmga qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Jumladan Qashqadaryo viloyatidagi isteʼmolchi “Islom Muxtor Hamkor” MCHJga 124 222 250 soʻm va iyul oyida Toshkent viloyatining Zangiota va Chirchiq tumanlarida oʻrganish oʻtkazilganda “Sardor Kapital Lyuks” MCHJ, yakka tartibdagi tadbirkor Usmanov Abdumalik Abdumutalovich, 3 va 6-sonli Davlat notarial idorasi, fuqaro D.Abdullayev, M.Moʻminovga tegishli gʻisht quyish maydonchasidagi nasos elektr tarmogʻiga ruxsatsiz ulangani aniqlandi.

Ushbu isteʼmolchilar elektr tarmogʻidan uzildi va tegishli choralar koʻrish uchun hujjatlar kerakli boʻlimlarga topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?