“Oʻzelektroapparat“ binosida yongʻin chiqdi

15:07 28 Dekabr 2018 Jamiyat
774 0

Foto: IIBB

Bugun ertalab tongi soat 5:50lar atrofida Toshkent shahrining Mirobod tumanida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Manba bergan maʼlumotga koʻra, yongʻin Tallimarjon koʻchasida joylashgan “Oʻzelektroapparat“ AJ binosida sodir boʻlgan. Olov maʼmuriy binoning 70 kv.m fasad qismiga jiddiy zarar yetkazgan.

Yongʻin oqibatida qurbon boʻlganlar yoʻq, hech kim jabrlanmagan.

“Toshkent shahar IIBB YXB tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida yongʻin qisqa vaqtda bartaraf etildi“, deyiladi bayonotda.

Ayni vaqtda yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?