“O‘zbektelekom” internet-kanallari tariflarini yana arzonlashtirdi

12:13 10 Avgust 2018 Jamiyat
316 0
Illyustrativ foto

“O‘zbektelekom” AK bosh direktori Shuhrat Qodirov tomonidan mobil va qayd etilgan aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM Internet-kanallari tariflarini 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirish to‘g‘risida qaror imzolandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir oyda kompaniya ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda. Bundan avval tariflarning pasayishi 19 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashishi 31 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi iste’molchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?