“O‘zbekozikovqatxolding” XK raisiga latviyalik maslahatchi tayinlandi

12:25 16 May 2018 Iqtisodiyot
619 0
Foto: radiotrek.rv.ua

Latviyaning “HANSA Food Commodities” kompaniyasining yetakchi mutaxassisi Yanis Skvarnoviks “O‘zbekozikovqatxolding” XK kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilovga maslahatchi etib tayinlandi. 

U sut mahsulotlari ishlab chiqarishga kompaniya raisiga o‘z maslahatlarini berib boradi. 

Xolding kompaniyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Yanis Skvarnoviks Jizzax viloyatida qattiq pishloq va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihaning barcha bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik soha xodimlariga treninglar o‘tkazib beradi.

“Yevropalik mutaxassisning jalb etilishiga asosiy sabab mahsulot sifatini oshirish, savdo hajmini ko‘paytirish hamda eksportni yo‘lga qo‘yishdir”, deyiladi xabarda. 

Yanis Skvarnoviks Latviyada ta’lim olgan, agronom, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. 

Tukuma sut zavodi, Riga sut kombinatini boshqargan, Latviya sut kengashi boshqaruvi raisi, “Eiroholdings” loyihalari departamenti direktori bo‘lgan. U Ukraini, Rossiyada mazkur tarmoqdagi korxonalarda ishlab chiqarishni takomillashtirishda ishtirok etgan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?