“Oʻzbekneftgaz”: “Joriy yilning may oyida kunlik 2 million metr kub gaz qazib chiqaradigan zavod ishga tushadi”

13:37 03 Mart 2020 Jamiyat
471 0

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Buxorodagi “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish korxonasi va qurilishi davom etayotgan obeʼktlardagi hozirgi holatni oʻrgandi.

Oʻrganish davomida “Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi va “Oʻchqir” propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida bajarilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan shaxsan tanishib chiqqan Boshqaruv raisi muammoli masalalar yechimi yuzasidan oʻz takliflarini hamda “Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi joriy yilning aprel oyida ishga tushirilishi va toʻliq holatda ishlashi boʻyicha topshiriqlar berdi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻchqir” siquv kompressor stansiyasi oʻz ish faoliyatini boshlasa, kunlik gaz qazib chiqarish hajmi 2 million metr kubga ortadi.

Sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Oʻchqir” propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi oʻz faoliyatini boshlasa, propan-butan qazib olish surati kunlik 200-210 tonnagacha oshishi koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari “Oʻchqir” propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasining yillik quvvati 80 ming tonna boʻlgan suyultirilgan gaz, yiliga 37 ming tonna barqarorlashgan gaz kondensiati olish moʻljallanyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?