“Oʻzbekneftgaz“ ”zapravkalari"dagi yoqilgʻi narxini pasaytirdi

11:10 07 Mart 2020 Iqtisodiyot
6065 0

“Oʻzbekneftgaz“ AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilgʻisi sotuvini yoʻlga qoʻyganligi haqida avval xabar berilgan edi.

Ayni paytda poytaxt va Toshkent viloyatida, Namangan, Fargʻona, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilgʻi quyish shoxobchalarida yuqori sifatli neft mahsulotlarining sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.

1-martdan boshlab ushbu AYOQSHlardagi dizel yoqilgʻisining narxi 7500 soʻmdan 7300 soʻmga pasaytirildi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

— Odatda, narx talab va taklif oʻrtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi, — deydi “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” MCHJ direktori Mirzohid Musayev. — Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari isteʼmolchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilgʻisini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilgʻisining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz.

Narxlar masalasida shuni taʼkidlash kerakki, “Oʻzbekneftgaz” yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi orqali sotiladigan dizel yoqilgʻisining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilgʻisi narxidan 9%, AI-92 markali benzin narxidan esa 14% arzondir.

Korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

"AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?