«Oʻzbekneftgaz»: Atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori belgilangan meʼyorga nisbatan 6639,7 tonnaga kamaytirildi

13:10 29 May 2020 Iqtisodiyot
125 0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ekologik siyosatning yoʻnalishlaridan biri bu – ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirlarining oldini olishdan iboratdir.

Shu sabab «Oʻzbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan tizimga oid korxonalarda ekologik ishlab chiqarish nazorati olib boriladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda ularga amaliy yordam berilib, ekologik qonun talablarini bajarilishi doimiy nazorat qilib boriladi.

Tizimdagi har bir boshqarma va korxonada atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha 2020-yil uchun hududiy ekologiya qoʻmitalari bilan kelishilgan holda 277 ta chora-tadbir ishlab chiqildi. Shu paytga qadar ushbu chora tadbirlarning bajarilishiga 548,3 mln. soʻm sarflandi.

Joriy yilning birinchi choragida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalar 6639,7 tonnaga, oqova suvlar tashlanmalari 145,1 tonnaga va chiqindilarning hosil boʻlishi belgilangan meʼyorga nisbatan 12507,2 tonnaga kamaytirishga erishilgan.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi PF-5863-son “2030-yilgacha boʻlgan davrda atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonini ijrosini taʼminlash yuzasidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining gazoil gidridlash texnologik qurilmasidagi katalizatori almashtirilib Yevro 4, 5 talablariga javob beradigan dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, bu ham albatta tabiatni muhofaza qilishda ijobiy koʻrsatkichlarni beradi.

Shuningdek «Oʻzbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar orasida Muborak gazni qayta ishlash zavodida atmosfera havosiga chiqariladigan tashlanmalarning yuqori koʻrsatkichi holati mavjud boʻlib, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida zavoddagi ishdan chiqqan quvvatlar oʻrnini qoplash maqsadida oltingugurt ishlab chiqarish qurilmasini barpo etish rejalashtirilgan.

Qurilmaning ishga tushirilishi natijasida atmosfera havosiga chiqarilayotgan oltingugurt angidridi SO2 gazini 5-6 ming tonnaga kamaytirishga erishiladi.

"Boshqarma va korxonalardagi gaz chang tozalash qurilmalar, oqova suvlarni tozalash inshootlarni belgilangan meʼyorda ishlashi, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish, chiqindi poligonlarida chiqindilarni joylashtirish va zararsizlantirish ishlari ekologik va sanitar talablari asosida olib borilishi nazoratga olingan" deyiladi «Oʻzbekneftgaz» Matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?