“O‘zbekneftegaz” Tojikistonda tibbiyot majmuasi quradi

16:18 09 Avgust 2018 Jamiyat
160 0
Illyustrativ foto

Yaqinda mamlakatimizning Buxoro viloyatidan yo‘lga chiqqan hamda materiallar, maxsus texnikalar va asbob-uskunalar ortilgan avtokarvon bugun Tojikistonga kirib bordi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, respublikamiz qo‘shni davlat janubidagi Xatlon viloyatida beg‘arazalik asosida tibbiyot majmuasi barpo etib beradi.

Yangi obyekt 200 o‘ringa mo‘ljallangan.

Qurilish ishlari davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi tegishli qarori hamda ikki davlat hukumatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Eskalator, treyler, muhandis-texnik ishchilar uchun maishiy vagonlar, mexanizatorlar, yer va tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullanadigan, jami 15 nafar mutaxassisni olib ketayotgan avtobus qurilish ishlarining birinchi bosqichi doirasida yo‘lga chiqqan avtokarvon tarkibidan joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?