“O‘zbekkonsert” video kliplarida ba’zi kadrlardan voz kechish sharti bilan namoyishiga ruхsat berilgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi

11:00 12 May 2018 Madaniyat
572 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda yosh xonandalar Sarvinoz Jo‘rayeva, Muxayyo Umarova, Shuxrat Maxmudov, Yorqinxo‘ja Umarov, Jasur Mavlonovlarning video kliplariga istesno tariqasida ruhsat berildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz’ga ma’lum qildi.


Xonandalar Sarvinoz Jo‘rayeva, Muxayyo Umarova, Shuxrat Maxmudov, Yorqinxo‘ja Umarov, Jasur Mavlonovlarning qo‘shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan ba’zi juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o‘zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba’zi kadrlardan voz kechish, to‘g‘rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.
“O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?