“O‘zbekkonsert” tomonidan “Via Marokand”ning “Turist” qo‘shig‘i matni va klipi bachkana deb topildi

18:45 12 May 2018 Madaniyat
1762 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda “Via Marokand”ning “Turist” qo‘shig‘i matni va klipi bachkana deb topildi. Quyida guruhning mazkur qo‘shig‘i matni keltirilgan. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz'ga ma’lum qildi.


“Via Marokand” guruhi tomonidan kuylangan so‘zi va musiqasi Jasur Badalboyevga mansub “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan klip xususida. Ushbu qo‘shiqning matni sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin. Qo‘shiq so‘zlarida Ram pa papam tara tira tira tam so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘rilab, qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi. Mana shu qo‘shiq matnidan sizga ham bir shingil ilingimiz keldi:
Bilmadim, bilmadim men hali dunyo ko‘rmadim,
Bir oy bo‘lamiz turist.
Suv osti olimi Jak Iv Kusto,
Ram pa papam tara tira tira tam.
Sirli olam kezaman
Rim yoki Indiya
Emiratmi Indoneziya
Ram pa papam tara tira tira tam.
“O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?