“O‘zbekkonsert” tomonidan Ulug‘bek Xoliqovning milliy mentalitetimizga zid harakatlar aks ettirilgan “Gavana”si rad etildi

17:52 30 Iyul 2018 Madaniyat
291 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qildi.

Foto: instagram

Xonanda Ulug‘bek Xoliqov ijro etgan “Gavana” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” gaplardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga zid harakatlar, ma’naviyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar tasviri mavjudligi bois bir ovozdan efirga uzatish rad etildi.
Xonandaning qo‘shig‘i matnini o‘qiganimizda quyidagi jumlalarga duch keldik:
Bir bechora,
Seni qidirish bilan ovora.
Hasta holatida nochora,
Sen tomona.
Bora-boraveraman janona,
Hayajonim ochadi tobora.
Gavana-savana,
Sayyoralarida sayohatdaman.
Gavana-savana,
Seni izlash bilan ovoraman.
Gavana-savana.
Kengash a’zolari xonandaning kelgusidagi ijodiy ishlariga yaqindan yordam berishlari, she’r tanlashda va klip suratga olishida o‘z ko‘maklarini ayamasliklarini bildirdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?