“O‘zbekkonsert” to‘y-hashamlardagi qo‘shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi

15:20 05 Avgust 2018 Madaniyat
424 0

“O‘zbekkonsert” to‘y-hashamlardagi qo‘shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi.

 

Foto: O‘zbekkonsert

Murojaatda shunday deyiladi:

“Aziz yurtdoshlar! To‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada sizning takliflaringiz muhim ahamiyatga ega. Siz to‘y-hashamlarda qaysi yo‘nalishda va qanday ijro uslubida kuylangan qo‘shiqlarni tinglashni istaysiz?”
Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha takliflarni uzbekkonsert.xm@umail.uz yoki +998951942323 telefon raqamiga ochilgan telegram messenjeriga yuborish mumkin.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?