“O‘zbekkonsert” Gulsanam Mamazoitovaga professional shoirlar bilan yaxshi asarlar yaratishni taklif etdi

17:36 30 Iyul 2018 Madaniyat
441 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qildi.

Foto: instagram

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijro etgan “Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni efirga uzatishga tavsiya berildi. Kelgusida xonandaga professional shoirlar bilan yaxshi asarlar yaratish taklif etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?