“Oʻzbekkonsert“ direktori: 165 nafar litsenziya talabgoriga rad javobi berildi

12:29 08 Fevral 2019 Jamiyat
766 0

Illyustrativ foto

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Unda soʻz olgan muassasa rahbari Odil Abduqahhorovning taʼkidlashicha, 2018 yil davomida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi yigʻilishi 20 marotaba oʻtkazilib, 3598 ta litsenziya talabgori hujjat topshirgan, jami konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya soni 3433 donani tashkil etdi. Kengash xulosalari asosida malaka va mezon talablariga javob bermagani uchun 165 nafar litsenziya talabgoriga rad javobi berildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?