Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi aviareyslar bilan bogʻliq soxta xabarlarga javob berdi

10:07 07 Mart 2020 Jamiyat
133 0

2020-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda anonim foydalanuvchilari tomonidan bir muddat oldin diplomatik vakolatxonaning rasmiy saytida berilgan 2020-yil mart oyiga rejalashtirilgan aviareyslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yolgʻon degan feyk xabarlarni rad etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Elchixona yana bir bor Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shuni taʼkidladiki, aviaqatnovlar hech qanday oʻzgarishsiz quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

8-mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan (uchish vaqti 22:50 da);

15-mart kuni – “Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan;

22-mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;

29-mart kuni –“Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan.

“Hurmatli vatandoshlar, Sizdan har xil yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasligingizni va savollar tugʻilgan taqdirda “Uzbekistan Airways” AJning Seul shahridagi vakolatxonasiga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz (+82 10-8718-6850)”, – deyiladi Elchixonaning rasmiy internet-resurslarida joylashtirilgan xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?