Oʻzbekistonning tashqi qarzi qancha?

12:08 30 Noyabr 2019 Iqtisodiyot
334 0

Oʻzbekistonning tashqi qarzi yil yakuniga qadar 15 milliard dollarga yetadi. Bu haqda Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Oliy Majlis Senati yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida senatorlarning Oʻzbekistonning tashqi qarzi boʻyicha bergan savollariga javobida maʼlum qildi.

Qoʻchqorovga koʻra, yil boshida bu boradagi koʻrsatkich 9 milliard dollar atrofida boʻlgan boʻlsa, oktyabr oyi holatiga bu 13,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kreditorlarni asosan xalqaro moliya tashkilotlari tashkil etadi. Bular Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqalardir.

Kreditorlar davlatlar ichida Xitoy (2 milliard dollar), Yaponiya (1,5 milliard dollar) yetakchi.

Kredit sifatida olinayotgan mablagʻlar yirik-yirik loyihalarni amalga oshirishga sarflanmoqda. Albatta, bu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring amalga oshirilayotir. Bu haqda aholini kengroq xabardor qilish maqsadida kelgusida media tarmoqlarda koʻproq chiqishlar amalga oshirilishi aytib oʻtildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?