O‘zbekistonning Tailanddagi bosh konsuli tayinlandi

14:22 25 May 2018 Siyosat
625 0

Aziz Aliyev O‘zbekistonning Bangkok shahridagi (Tailand) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matubot xizmati xabar tarqatdi.

Manbada qayd etilishicha, Aziz Aliyev bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasidagi (ESKATO) vakili vazifasini ham bajaradi.

Aliyev bunga qadar TIVning BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?