O‘zbekistonning “Ravon” brendi Qozog‘istonda yetakchi beshtalik qatoridan joy oldi

Qozog‘istonda avtomobillar ishlab chiqarish ikki barobar o‘sdi. Bu haqda “Qozog‘iston avtomobil tarmog‘i korxonalari ittifoqi” direktorlar kengashi raisi Oleg Alferov sohaga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida avtomobillarni lokal yig‘ish hajmi ikki barobar ortib, ushbu mamlakat avtosanoatining o‘z ichki bozoridagi ulushi 46 foizgacha ortdi.
E’tiborlisi, lokal yig‘ilgan eng yetakchi beshta brend qatoridan O‘zbekistonning “Ravon” markasi ham joy oldi. O‘z navbatida, mazkur ro‘yxatga “Lada”, “Hyundai”, “KIA” va “JAC” brendlari ham kiritildi.
Umuman olganda, hisobot davrida ushbu davlatda yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus mashinalar va tirkamalar bilan birgalikda 6857 dona transport vositasi ishlab chiqarilgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: