Oʻzbekistonning KXDR va Qatar bilan oʻrtoqlik oʻyinlarining boshlanish vaqti tasdiqlandi

15:34 21 Sentyabr 2018 Sport
498 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida 2 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Avval xabar qilinganidek, shu oyda dastlab KXDR, soʻng Qatar terma jamoalari Toshkentga tashrif buyuradi.

OʻFA matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ikkala oʻyin ham soat 20:00 ga belgilangan. Terma jamoa, shuningdek, noyabr oyida Janubiy Koreya bilan ham oʻrtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Oʻrtoqlik uchrashuvlari

13 oktyabr, 20:00. “Milliy” stadioni

Oʻzbekiston – KXDR

16 oktyabr, 20:00. “Milliy” stadioni

Oʻzbekiston - Qatar

20 noyabr. Avstraliya

Oʻzbekiston – Janubiy Koreya

Eslatib oʻtamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi terma sentyabr oyida ham Toshkentda 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan edi. 6 sentyabr kuni Suriya bilan durang (1:1) qayd etgan jamoa 11 sentyabrda Eronga imkoniyatni boy berdi (0:1).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?