Oʻzbekistonning “Yoʻl patruli” jamoasi Eronda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyat qozondi

13:35 15 Avgust 2019 Jamiyat
90 0

Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida Eronda oʻtkazilgan “Yoʻl patruli” musobaqasi yakuniga yetdi. Soʻnggi – toʻrtinchi bosqichda jamoalar avtomobil gʻildiragini tezlik bilan almashtirish va mashinani avtoturargohga ekstremal sharoitda joylashtirish boʻyicha kuch sinashdi. Unda Oʻzbekiston jamoasiga teng keladigani topilmadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Mazkur shartni bajarishda barcha jamoalar xatolikka yoʻl qoʻygani sabab ularga bir balldan berildi. Yakuniy natijalarga koʻra, Eron va Rossiyaning ballari bir xil boʻlib qoldi.

Sudyalar kengashi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda birinchilik mezbon davlat – Eronga topshirilishi boʻyicha qaror qabul qilindi. Oʻzbekiston esa 3-oʻringa munosib koʻrildi.

“Yoʻl patruli” tanlovida har bir jamoadan yetti kishi – boshliq, kapitan, uch nafar ishtirokchi va ikki nafar texnik xodim ishtirok etdi. Tanlov “Lada Vesta” markasidagi avtomobillarda oʻtkazildi.

Ishtirokchilar xalqaro armiya oʻyinlari davomida ekstremal sharoitlarda avtomobil yordamida turli murakkab shartlarni bajarish, belgilangan marshrut boʻyicha individual poyga, qoʻl va jezl yordamida yoʻl harakatini tartibga solish, gʻildiraklarni almashtirish, harbiy-texnik estafeta (jamoaviy poyga) shartlari boʻyicha bellashdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?