Oʻzbekistonning ikki hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi

00:02 07 Iyul 2020 Jamiyat
263 0

2020-yil 6-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10362 (+78) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 29 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 16 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafar, jami 106 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 6628 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?