Oʻzbekistonning faqatgina 5,8 million aholisi rasman ishlaydi

11:31 19 Sentyabr 2018 Jamiyat
1182 0
Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning 13,2 million ishga layoqatli faol aholisining bor-yoʻgʻi 5,8 millioni (44 foizi) rasman ish bilan band ekanligi maʼlum boʻldi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi olib borgan tahlillarida koʻrsatib oʻtilgan.

Aholining qolgan qismi, shu jumladan, mehnat muhojirlari mehnatning “qora” bozorida ish olib boradi va maoshini “konvertda” oladi.

Soliq qoʻmitasining taʼkidlashicha, bu odatda ish beruvchilarning xarajatlarni pasaytirish uchun soliqlardan qochishi ortidan sodir boʻladi.

Ish haqining “konvertda” toʻlanishi koʻpincha hisobga olinmagan tushum aylanmasi hisobidan amalga oshiriladi, shu tariqa bitta qonunbuzarlik, boshqasini keltirib chiqaradi.

Soliq xizmatlari organlari tomonidan ushbu holatlarni aniqlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan koʻplab hiylalar, amalda aksincha, bu xarajatlarning oʻzini juda koʻpaytirib yuboryapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?