O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

10:39 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
396 0
Foto: Sputnik

Tashqi savdo vazirligi 2018 yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘nligini e’lon qildi.

Unda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Ushbu davlat bilan yil boshidan buyon savdo aylanmasi 2 mlrd 836 mln dollarni tashkil etgan. Eksport 1 mlrd 022,4 million dollar, import 1 mlrd 813,5 million dollarga teng bo‘ldi. Bu mamlakatning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 16 foiz.

Keyingi o‘rinda Xitoy bormoqda: savdo aylanmasi 2 mlrd 811,3 million dollar, eksport 1 mlrd 304,6 mln dollar, import 1 mlrd 506,7 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 15,9 foiz.

Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashdi: savdo aylanmasi 1 mlrd 436,7 mln dollar, eksport 701,4 va import 735,3 million dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 8,1 foiz.

Yuqori o‘nlikdan shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSH, Latviya va Belarus joy oldi.

Tashqi savdo vazirligi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?