Oʻzbekistonning eng gʻamxoʻr ayoli kim ekanligi maʼlum boʻldi

22:20 05 Mart 2019 Jamiyat
499 0

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi ONLINE”/Yulduz Oʻrmonova. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida oʻtkazilayotgan “Oʻzbegim ayoli” Milliy mukofotini tantanali topshirish marosimi davom etmoqda.

Dunyoda eng sharafli, shu bilan birga, mashaqqatli kasblardan biri oʻqituvchilik kasbi hisoblanadi. Ayniqsa, zaif eshituvchi bolalarga taʼlim-tarbiya berish insondan katta sabr va mahorat talab qiladi. “Oʻzbegim ayoli” Milliy mukofoti tanlovining “Gʻamxoʻr ayol” nominatsiyasi gʻolibligi aynan mana shunday kasb sohibasi, oliy toifali surdopedagog, xalq taʼlimi aʼlochisi Rayhon Rustamovaga nasib etdi. Gʻolibga mukofotni Zaif eshituvchilar markazi rahbari Raʼno Shodiyeva topshirdi.

— Men kasbimdan faxrlanaman, — dedi Rayhon Rustamova biz bilan suhbatda. — Bolalar bilan ishlash mobaynida yashashni, sabr-toqatni oʻrganganman. Erishgan har bir yutugʻim — ularning yutugʻi. Nimani qoʻlga kiritgan boʻlsa, bunga ulardan oʻrganganlarim sabab.

Milliy mukofot sovrindorlarini taqdirlash davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?