O‘zbekistonning ba’zi hududlarida propan gaz bir oyda 2 baravarga qimmatlashdi

12:19 02 Iyul 2018 Iqtisodiyot
1546 0
Arxiv foto

Joriy yilning iyun oyida nooziq-ovqat mahsulotlari ichida avtomobillar uchun yoqilg‘i mahsulotlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

Aholi uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali sotilayotgan propan narxining qimmatlashishi asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlar guruhi indeksining ko‘tarilishida asosiy ta’sir omili sifatida qayd etilgan.

Respublika bo‘yicha oy davomida ushbu mahsulotning narxi o‘rtacha 63,3 foizga qimmatlashdi. Mamlakatning ba’zi hududlarida uning narxi 2 barobar va undan yuqori darajada ham qimmatlashgan (Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari shular jumlasidandir).

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, birjadagi kotirovka narxlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida shakllanayotgan holatlar propan narxlari darajasining sezilarli darajada qimmatlashishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?