Oʻzbekistonning ayollar borasidagi davlat siyosati BMTning Xotin-qizlar holati boʻyicha Komissiyasi tomonidan yuqori baholandi

17:21 13 Mart 2019 Jamiyat
161 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Narbayeva BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMTning Xotin-qizlar holati boʻyicha Komissiyaning 63-sessiyasida maʼruza qildi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikamizda 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglik va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida olib borayotgan davlat siyosati yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Sessiya ishtirokchilari Oʻzbekistonda besh yillik harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi, unda ayollarning huquq va imkoniyatlari hamda ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilgani borasida maʼlumot berildi.

Delegatsiya tomonidan Oʻzbekistonning 2030 yilgi kun tartibiga va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq gender tenglikni taʼminlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qatʼiy tarafdor ekanligi alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida Tanzila Narbayeva BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ijrochi direktori Natali Kanem bilan uchrashdi. Unda mazkur tashkilot doirasida hamkorlikning bugungi holati va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

UNFPA Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri boʻlib, u aholishunoslik sohasida aʼzo davlatlarga yordam beradi, sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya, gender tengligi va barqaror rivojlanish ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun demografik siyosatni takomillashtirishga koʻmak beradi.

Xususan, ikki tomonlama uchrashuv davomida Jamgʻarma rahbariyati Oʻzbekistonda ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish sohasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosati, shuningdek, mamlakatda ayollarning toʻliq qoʻllab-quvvatlash soʻnggi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

UNFPA ijrochi direktori mamnuniyat bilan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlarni ragʻbatlantirish, gender tengligi va reproduktiv salomatlik sohasida ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilganligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumatning barcha darajalarida va ijtimoiy hayotda ayollarning ijtimoiy faolligi oshib bormoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?