O‘zbekistonning ayni vaqtdagi aholisi soni qancha?

10:51 10 Iyul 2018 Jamiyat
4318 0
Arxiv foto

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 iyul holatiga 32 mln 900,1 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 243,4 ming kishiga yoki 0,7 %ga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16646,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 %), qishloq aholisi soni 16254,0 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.

2018 yilning yanvar-iyun oylarida jami 324,3 ming nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, shundan onasining yoshi bo‘yicha tug‘ilganlarning 120,6 ming nafari (jami tug‘ilganlarga nisbatan 37,2 %) 20-24 yoshlardagi ayollar, 115,8 ming nafari (35,7 %) 25-29 yoshlardagi ayollar, 58,5 ming nafari (18,0 %) 30-34 yoshlardagi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tirik tug‘ilganlar soni 324,3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 75,6 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYO bo‘limlarida 104,9 mingta nikoh va 16,4 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?