Oʻzbekistonning 9 ta hududidan yana 275 kishida koronavirus aniqlandi

09:57 03 Avgust 2020 Jamiyat
309 0

2020-yil 3-avgust soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 828 (+275) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent viloyati, 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Fargʻona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 166 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 564 nafari ogʻir, 215 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?