Oʻzbekistonni ziyorat turizmining markazlaridan biri sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisida Buxoro deklaratsiyasi imzolandi

20:38 22 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
352 0

Illyustrativ foto

Said Rahmonov/“Xalq soʻzi ONLINE”. I Xalqaro ziyorat turizmi forumiga mezbonlik qilayotgan Buxoroda tadbirlar davom etmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida chet ellik tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlarning oʻzaro B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Unda “Yurtimizda yangi sayyohlik mahsulotlarini shakllantirish va ziyorat turizmi salohiyatini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani rivojlantirish”, “Indoneziya hududida islomning tarqalishida Oʻzbekiston olimlarining oʻrni”, “Musulmon sayyohlar uchun xalqaro reyting va uning mamlakat imijini oshirishga taʼsiri”, “Turizmning madaniy merosga taʼsiri”, “Oʻzbekiston buyuk oʻtmishdan yorugʻ kelajak sari”, “Oʻzbekistonda “halol” standartining rivojlanishi” masalalarida xorijiy hamda mahalliy ekspertlar va soha xodimlarining maʼruzalari tinglandi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Kun yakunida Oʻzbekistonni ziyorat turizmining markazlaridan biri sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisida Buxoro deklaratsiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qoshidagi “Milliy PR markazi” DUK hamda “Global Muslim Traveler Index” doirasida “Matta” (Malayziya), “Crescent Rating” (Singapur) assotsiatsiyalari, Jakarta targʻibot fondi (Indoneziya) oʻrtasida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?