O‘zbekistonliklar uch oyda plastik kartochkalardagi 2,2 trln so‘mni naqdlashtirib oldi

18:38 15 Avgust 2018 Iqtisodiyot
233 0

Aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida bankomatlar va terminallar tarmog‘i kengaytirilishi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar yechib olish hajmlari oshdi.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, 2018 yilning II choragida aholi tomonidan plastik kartadagi mablag‘lar hisobidan naqd pul yechib olish hajmi I chorakdagi ko‘rsatkichdan 1,4 barobarga ortib, 2,2 trln. so‘mni tashkil qildi.

Bu esa, aholi tomonidan savdo va pullik xizmatlar uchun to‘lovlarda naqd pullardan foydalanish darajasini oshishiga olib keldi.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida savdo va pullik xizmatlar uchun naqd pulda to‘langan to‘lovlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga oshgan bo‘lsa, terminallar orqali to‘langan to‘lovlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?