Oʻzbekistonliklar asosan qayerga koʻchib ketmoqda?

12:50 22 Iyul 2019 Jamiyat
493 0

Yanvar-iyun oylarida jami 4 847 kishi boshqa mamlakatlarga koʻchib ketdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining yanvar-iyun oylari uchun maʼlumotlari shundan dalolat bermoqda.

Eng koʻpi - Qozogʻistonga (56,3 %). Keyingi oʻrinda Rossiya (36,9 %) qayd qilingan. AQSH oʻzbekistonliklar eng koʻp koʻchib ketayotgan davlatlar uchligiga kirdi. Birinchi chorak natijalariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar toʻrtinchi oʻrinni egallagandi. Isroil (1 %) bu borada toʻrtini oʻrindan joy oldi. Boshqa mamlakatlar hissasiga qolgan 4,6 % toʻgʻri keldi.

Xuddi shu davrda 1 361 kishi doimiy yashash uchun koʻchib keldi. Eng koʻpi Qozogʻistondan (29,7 %). Keyingi oʻrinlarda Tojikiston (24,2 %), Rossiya (22,3 %), Qirgʻiziston (14,3 %) qayd etilgan. Boshqa mamlakatlar hissasiga esa qolgan 9,5 % toʻgʻri keladi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon kelganlar soni 78,9 ming kishini tashkil etdi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 1,4 ming kishi), chiqib ketganlar - 82,4 ming kishi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 4,9 ming kishi).

Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishiga yetdi va 2018-yilning shu davriga nisbatan minus 6,2 ming kishini tashkil etdi.

Migratsiya darajasi yuqoriligi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi) va Qoraqalpogʻistonga (minus 1,7 ming kishi) toʻgʻri keladi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida (plyus 12,9 ming kishi) qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?