Oʻzbekistonlik yosh dasturchi yangi oʻyin yaratdi

18:25 01 Noyabr 2018 Jamiyat
243 0

Besh yoshdan yuqori yoshdagilar uchun moʻljallangan oʻyin bolalarning aql-idrokini oʻstirish, matematika fanini oʻrgatishga yoʻnaltirilgan.

Oʻyin qoʻshish, ayirish, boʻlish, koʻpaytirish va aralash amallaridan iborat 5 qismdan tashkil topgan. Oʻyin quvnoq mevalar bogʻida oʻynaladi. Mevalar tugamaydi, oʻyinchi qancha koʻp meva yesa shuncha oʻyinchining tezligi oshib boradi. Mevalar uchga boʻlinib tushadi, shulardan ikkitasi zaharlangan, bittasi toza. Zaharlanmagan mevani topish uchun oʻyinchi taxtada koʻrsatilgan matematika savoliga toʻgʻri javob topib, toʻgʻri keladigan javob qatoridagi meva zaharlanmaganligini bilib oladi. Har bir toʻgʻri tanlangan meva uchun oʻng sonlar bilan oʻynasa bir yulduzcha, teskari sonlar bilan oʻynalsa ikki yulduzcha sovgʻa tariqasida beriladi.

Yosh dasturchi Damir matematikaga qiziqadi va shu tufayli yangi oʻyinni yaratishga muvaffaq boʻlgan. U milliy softver sanoatining rivojiga hissa qoʻshishni oldiga maqsad qilgan. Kelgusida mazkur oʻyinni yanada takomillashtirib borish niyatida.

Oʻyinni Play Market dasturi orqali yuklab olish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?