O‘zbekistonlik velosportchilar hammadan o`zib ketdi

12:20 17 Iyul 2018 Sport
249 0
Foto: Velosiped sporti federatsiyasi

Qozog‘istonning Ust-Kaminogorsk shahrida Astana shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘pkunlik xalqaro velopoyga o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli velopoygada Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekistonning 140 dan ortiq sportchilari va 19 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari M. Xolmuradov, D. Siddiqov, A. Izmaylov, S. Medvedev, D. Zabirov va A. Sunnatov musobaqada katta murabbiy A. Abdurahimov boshchiligida qatnashishdi.

Velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ko‘pkunlik velopoyganing 3-bosqichda (90 km) hamyurtimiz M. Xolmurodov 1-o‘rinni, 5-bosqichda (170 km) esa 2-o‘rinni egalladi. Bu orqali hamyurtimiz umumiy hisob bo‘yicha ikkinchi pog‘onani band etdi. Terma jamoamizning boshqa bir a’zosi D. Siddiqov esa eng faol poygachi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Yakunda, terma jamoamiz velopoygachilari 19 jamoa ichida birinchi bo‘lishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?