Oʻzbekistonlik UYEFA kubogi sohibi yangi klubga oʻtmoqda

13:55 19 Iyun 2019 Sport
478 0

Oʻzbekistonlik charm toʻp ustasi Vitaliy Denisov yozgi transfer oynasida Qozonning “Rubin” klubiga oʻtadi. Bu haqda euro-football.ru xabar berdi.

Hamyurtimiz ayni paytda Qozonda tibbiy koʻrikdan oʻtyapti.

32 yoshli himoyachining “Lokomotiv”(Moskva) klubi bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetmoqda va u yangi klubga erkin agent sifatida borib qoʻshiladi.

Oʻtgan mavsumda Denisov ijara asosida “Krilya Sovetov” jamoasida toʻp surdi va Rossiya chempionatida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, bir marotaba golli uzatma muallifiga aylandi.

Vitaliy Denisov 1987-yilda Toshkentda tugʻilgan. Oʻz vaqtida otasi toʻp surgan “Paxtakor” klubida futbolga ilk qadamlarini qoʻygan.

U 2003-yilda Moskvaning SSKA klubi safiga qoʻshilgan va 2004/2005-yillar mavsumida UYEFA Kubogi egasiga aylandi. Oradan uch yil oʻtib ijara asosida Nijegorodskning “Spartak”, kelgusi mavsumdan esa Ukrainaning “Dnepr” jamoasiga yangi oʻyinchi sifatida borib qoʻshilgan.

Denisov Dnepropetrovskda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylanib, 164 ta match oʻtkazgan. 2013-yildan “Lokomotiv” safiga kelib qoʻshilib, tezda jamoa yetakchilaridan biri boʻldi. 2006-yildan boshlab Oʻzbekiston terma jamoasi safida ham toʻp surgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?