Oʻzbekistonlik taniqli badiiy gimnastikachiga uch xonali uy kaliti topshirildi

12:14 12 Avgust 2019 Jamiyat
121 0

Illyustrativ foto

Mamlkatimiz badiiy gimnastika olami namoyandalaridan biri Zamirajon Sanaqulovaga Buxoro viloyati hokimligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan uch xonali uy kaliti topshirildi. Yoshlar uyiga munosib koʻrilgan hamyurtimiz oʻz vaqtida badiiy gimnastikada bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu haqda sports.uz xabar berdi.

Maʼlumot uchun: 12 karra Oʻzbekiston chempioni, koʻplab xalqaro turnirlar gʻolibi, Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo chempionatlari sovrindori, Jahon kubogi sovrindori, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan “ Jahon darajasidagi gimnastikachi” unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?