Oʻzbekistonlik talabalar Turkiya ommaviy axborot vositalarida malaka oshiradi

14:08 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
1091 0

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Turkiya elchixonasi va TIKA hamkorlik tashkiloti vakillari mehmon boʻldi.

Uchrashuvda ikki qardosh davlatning uzoq yillik tarixi va doʻstona aloqalari, turkiy tillarning ildizi va kelajakdagi istiqbollari, urf- odat va madaniyatining bir-biriga yaqinligi haqida soʻz yuritildi.

— Davlatimiz oʻz vaqtida Turkiyaga ham moliyaviy, ham maʼnaviy yordam koʻrsatgan, — deydi Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er. — Bizning xalqimiz bularni hech qachon unutmaydi.

Qolaversa, Oʻzbekistonning Turkiy davlatlar Kengashiga aʼzo boʻlganidan mamnunmiz. Men ochiq aytaman, biz buni anchadan beri intizorlik bilan kutgan edik. Oʻzbekistonsiz bu Kengash ”tuxumsiz quymoq” qa oʻxshar edi. Endi Kengash haqiqatan ham oʻz nomiga mos boʻldi.

Shuningdek, delegatsiya Universitet faoliyati hamda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Fursatdan foydalanib tomonlar talabalar almashinuvi va Turkiya elchixonasi hamkorligida Turkiya universitetlarida professor oʻqituvchilarning malaka oshirishi, ularning “TRT World” mediaxolding va “TRT Avas” telekanallarida amaliyot oʻtashi haqida kelishib olindi.

Sitora MAHMUDOVA,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?