Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi vafot etdi

16:44 20 Fevral 2019 Sport
516 0

Samarqandning “Dinamo” futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev 37 yoshida hayotdan koʻz yumdi, deya xabar bermoqda GoSport.uz.

Sirojiddin Sayfiyev uzoq vaqtlardan buyon oʻpka saraton kasalligi bilan ogʻrib kelayotgandi. 2016 yilda saraton oʻsimtasi uning bosh qismida ham aniqlanadi.

Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sogʻligʻini yaxshilash va davolanishiga koʻmaklashish maqsadida “Taslim boʻlma, Siroj”, “Biz sen bilan Siroj” kabi aksiyalar tashkil qilingandi.

“Xalq soʻzi Online” nashri marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etadi!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?