Oʻzbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda 26 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi

10:37 23 Noyabr 2018 Sport
311 0

Foto: Dinara Chirkova/“Xalq soʻzi”

Toshkentda shaxmat boʻyicha 6 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasida boʻlib oʻtgan shaxmat turnirida sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, Qozogʻiston vakillari ikkinchi, eronlik shaxmatchilar esa uchinchi pogʻonadan joy oldi.

Musobaqada oʻzbekistonlik shaxmatchilarimiz 91 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jamgʻarilgan jami medallarning 26 tasini oltin medallar tashkil etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?