Oʻzbekistonlik sanʼatkor Kreml davlat saroyida Navroʻz kuni qoʻshiq kuylaydi

16:32 18 Mart 2019 Madaniyat
766 0

Oʻzbekistonlik qoʻshiqchi Shahzoda Kreml davlat saroyida 21 mart kuni BraVo Xalqaro professional musiqa mukofotini topshirish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari maʼlumotiga asoslanib Sputnik xabar berdi.

Hamyurtimizdan tashqari rossiyalik Filipp Kirkorov, Dima Bilan, Tamara Gverdsiteli, amerikalik Maykl Bolton, Leon Lyuis, buyuk britaniyalik Kris de Burg kabi qoʻshiqchilar ham sahnaga chiqishadi.

Musiqa ekspertlari “Yil qoʻshiqchisi”, “Yilning musiqiy videosi” va “Yil qoʻshigʻi” kabi nominatsilar gʻoliblarini aniqlab berishadi.

Maʼlumot uchun, Shahzoda(Zilola Musayeva) Fargʻonada tavallud topgan. Oʻz shahridagi musiqa maktabini tamomlagach, Kiyev davlat universitetiga oʻqishga kiradi. U yerda musiqachi sifatida oʻz tajribasini oshirdi. Avvaliga “Jonim” guruhida ijod qilishni boshlagan ijodkor keyinchalik estradaning yakkaxonlik yoʻnalishiga oʻtgan.

Oʻzbekistonda va xorijda mashhurlikka erishish qatorida aktyorlik sohasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Ayni paytda uning hisobida 11 ta albom va yettita aktyorlik ishi mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?