Oʻzbekistonlik qori Xalqaro Qurʼon musobaqasida ishtirok etadi

13:58 21 Sentyabr 2018 Jamiyat
573 0

Yoʻldoshbek qori Nuriddinov Madina shahridagi Masjidun Nabaviyda Qurʼon hifzi, tilovati va tafsiri yoʻnalishlarida xalqaro musobaqada qatnashib, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.

Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda. Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Yoʻldoshbek qori Nuriddinov “Oʻzbekiston Qurʼon musobaqasi-2018”ning “Oliy mukofot” sohibi hisoblanadi.

Saudiya rasmiy OAV bergan maʼlumotga koʻra, Qurʼon hifzi, tilovati va tafsiri yoʻnalishlari boʻyicha qirol Abdul Aziz tanlovi 26 muharramda (6 oktyabr) boshlanib, safar oyining birinchi kunigacha (11 oktyabr) davom etadi. Unda 82 davlatdan 115 kishi ishtirok etadi.

Ushbu musobaqa Muhammad (s.a.v.)ning masjidlarida 40 yildan beri ilk bor oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?