Oʻzbekistonlik professional bokschilar Janubiy Koreyada ringga chiqishadi

17:01 11 Mart 2019 Jamiyat
177 0

Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator oʻzbekistonlik professional bokschilardan ikki nafari 17 mart kuni ringga chiqadi.

Professional boks federatsiyasining ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, janglar Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtadi. Hozirda, ushbu promouterlik kompaniyasi murabbiylaridan biri boʻlgan Bobur Najmiddinov qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borayotgan Ravshanbek Shermatov mezbon Jong Sun Gang bilan 6-raundlik jangda ringga koʻtarilsa, Abdurasul Ismoilov ham yana bir koreyalik Yon Min Kimga qarshi 8-raunddan iborat boʻlgan qarama-qarshilikda gʻoliblik uchun jang olib boradi.

Eslatib oʻtamiz: Har ikki bokschimiz profi boksda uch marotaba jang olib borgan va barchasida gʻalaba qozongan. Ularning raqiblari ayniqsa, Ravshanbek Shermatovga qarshi bahs olib boradigan Jong Sun Gang ancha tajribali boʻlib, 7 marotaba jang oʻtkazib, barchasida gʻoliblikka erishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?