O‘zbekistonlik polvonlar Osiyo chempionatida 16 medalni qo‘lga kiritishdi

11:15 28 Mart 2018 Sport
760 0
Foto: usport.uz

Hindistonning Puna shahrida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan X Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘nta oltin, beshta kumush, bitta bronza — jami 16 medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Qit’a birinchiligida 20 dan ziyod mamlakatdan ikki yuz ellikka yaqin polvonlar 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.

Murosasiz bahslarda hamyurtlarimizdan Muhsinbek Xisomiddinov, Farid Amrulloyev, Ruslan Bo‘riyev, Davlat Abrayev, Ilhom Jo‘rayev Osiyo chempionligiga erishdi. 

Xotin-qizlar o‘rtasida esa Gulnora Sulaymonova, Omongul Ollonazarova, Muxlisa Abdumalikova, Gulnoza Matniyozova hamda Rahima Yo‘ldosheva oltin medallar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Nurbek To‘rayev, Maruf G‘aybullayev, Dildora Shermetova, Adibaxon O‘rozboyeva va Rinata Ilmatovaga kumush medal nasib etdi. Yana bir iste’dodli yosh polvonimiz Temurxon To‘rayev bronza medaliga egalik qildi. 

Osiyo chempionatida Eron va Turkmaniston vakillari ikkinchi hamda uchinchi pog‘onalardan joy oldi.

Muzaffar sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?