Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar Indoneziyada boʻlib oʻtadigan Paraosiyo oʻyinlariga joʻnab ketdi

14:02 19 Sentyabr 2018 Sport
178 0

Joriy yilning 18 avgustidan 2 sentyabriga qadar Indoneziya XVIII yozgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qildi. Anʼanaga koʻra, endi Jakartada Paraosiyo oʻyinlari ham boʻlib oʻtadi. Bu yilgi Paraosiyo oʻyinlari 6—13 oktyabr kunlari oʻtkaziladi. Oʻyinlarda oʻzbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadi.

Kecha, 18 sentyabr sanasida Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilarni Paraosiyo oʻyinlariga rasmiy kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbariyati, Osiyo oʻyinlarda ishtirok etuvchi sportchilar va ularning murabbiylari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, III Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, oʻq otish, suzish va yengil atletika boʻyicha bahslarda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?