Oʻzbekistonlik olim Koreyada faxriy professor boʻldi

16:34 13 May 2019 Jamiyat
485 0

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Konkuk universiteti rahbariyati bilan uchrashdi va ikki tomonlama ilmiy-akademik faoliyatni kengaytirish borasida “Yoʻl xarita”si imzolandi. Unga koʻra, KOICA dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sifatini aniqlash” zamonaviy laboratoriyasi barpo etish boʻyicha kelishib olindi.

Uchrashuvda qishloq xoʻjaligi uchun kadrlarni tayyorlashda ikkita universitet oʻrtasida hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyilganligi uchun Toshkent davlat agrar universiteti rektori B. Sulaymonov Konkuk universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, delegatsiya Chongnam milliy universitetida ham boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?