Oʻzbekistonlik karatechilar Shanhaydagi reyting musobaqasiga joʻnab ketishdi

16:57 05 Dekabr 2018 Sport
127 0

7-9 dekabr kunlari Xitoyning Shanhay shahrida karate boʻyicha kattalar oʻrtasida “A Seriya” turkumidagi reyting turniri boʻlib oʻtadi.

Musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bellashuvlarda oʻzbekistonlik karatechilar ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar: 
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov

Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Babayeva
-61 kg: Barno Mirzayeva

Murabbiylar: 
Oʻktam Bekpoʻlatov
Dilnoza Bakirova.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?