Oʻzbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi yurtimizga qaytib keldi

18:51 28 Avgust 2018 Jamiyat
353 0

Haj ibodatlarini ado qilgan oʻzbekistonliklar Saudiya Arabistonidan vatanga qaytib kelishni boshlashdi. Bu haqida Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qiladi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi dastlabki guruh kecha Toshkentga yetib keldi.

Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumda 7 200 nafar hamyurtimiz Haj ziyoratiga yoʻl olgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?