O‘zbekistonlik hakamlar muhim xalqaro uchrashuvlarni boshqarishga jalb etildi

18:15 17 May 2018 Sport
488 0
Suratda Sherzod Qosimov. Foto: uff.uz

O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotganidan futbol muxlislarimizning xabarlari bor.

Jumladan, 25 may kuni tashkillashtirilayotgan Kuvayt – Misr terma jamoalari o‘rtasidagi bahsga Sherzod Qosimov boshchilik qilsa, unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullinlar yordam beradilar.

28 may kuni esa Valentin Kovalenko hamda uning yordamchilari Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonovlar Turkiya - Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvini boshqaradilar, deb yozmoqda uff.uz sayti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?